TURKIYA | UNIVERSITETIMIZ DELEGATSIYASI NAJMEDDIN ERBAKAN UNIVERSITETIDA
Universitetimiz delegatsiyasi Turkiyaning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lgan Necmettin Erbakan Üniversitesiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida delegatsiyamiz universitet rektori, professor Cem Zorlu bilan uchrashdi. Uchrashuv samimiy va konstruktiv ruhda o‘tib, ikki tomonlama hamkorlik masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida ikki universitet o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Memorandumdan ko‘zlangan asosiy maqsad — kelgusida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy tadqiqotlarni birgalikda olib borish hamda ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashdan iborat.
Mazkur hamkorlik xalqaro akademik aloqalarni kengaytirish
va yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.