Xalqaro hamkorlik 28 апр 2026 1 daqiqa o'qish

KARAMANOĞLU MEHMETBEY ÜNİVERSİTESİ

Universitetimiz rahbariyati Turkiyadagi xizmat safari doirasida Karaman shahrida joylashgan Karamanoğlu Mehmetbey Universitetida bo‘lishdi.

1 daqiqa o'qish
1 tag

TURKIYA | KARAMANOĞLU MEHMETBEY ÜNİVERSİTESİ


Universitetimiz rahbariyati Turkiyadagi xizmat safari doirasida Karaman shahrida joylashgan Karamanoğlu Mehmetbey Universitetida bo‘lishdi.

Mazkur universitet 170 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, 20 mingdan ortiq talabani o‘z bag‘riga olgan Turkiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi.


Tashrif davomida universitet kampusi, zamonaviy o‘quv xonalari hamda kutubxonalar bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar akademik almashinuvi, talabalar almashinuvi, ilmiy tadqiqotlarni hamkorlikda olib borish hamda o‘qituvchilar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish bo‘yicha samarali muzokaralar olib borildi.


Mazkur uchrashuv ikki universitet o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Teglar

Ulashish

Facebook Telegram